1

O`zbekiston Butunjahon Universiadasida dastlabki medalni qo`lga kiritdi

Sport 29.07.2023, 18:48
O`zbekiston Butunjahon Universiadasida dastlabki medalni qo`lga kiritdi

Xitoyning Chendu shahri mezbonlik qilayotgan XXXI yozgi Butunjahon Universiada o`yinlarining dzyudo bellashuvlarida o`zbekistonlik Kamoliddin Baxtiyorov bronza medalga ega chiqdi.

-60 kg da bahslarga kirishgan Baxtiyorov yarim finalgacha raqiblarini birin-ketin dog`da qoldirdi. Finaldan oldingi bahsda O`zbekiston vakili Tokio Olimpiadasining kumush medali sohibi, Xitoy Taypeyi vakili Yang Yung-Veyga qarshi tatamiga chiqib, mag`lubiyatga uchradi.

3-o`rin uchun bahsda Baxtiyorov mo`g`ulistonlik Sumiyabazar Enxtayvandan ustun kelib, O`zbekiston jamoasi hisobiga Universiadadagi dastlabki medalni qo`shib qo`ydi. 

Ma`lumot uchun, Universiada o`yinlari 8 avgustga qadar bo`lib o`tadi. Bu yilgi Universiadada O`zbekiston delegasiyasi taekvondo WT, dzyudo, ushu, gimnastika, tennis, qilichbozlik va engil atletika sport turlarida 77 nafar atlet bilan qatnashadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1