1

«Qimorboz erimdan qo`rqaman»

SUG'DIYONA 18.10.2016, 15:13
Teglar: Ayol, Oila, Er-xotin
«Qimorboz erimdan qo`rqaman»

— Turmushga chiqqanimga 23 yildan oshdi. Hozir 19 yoshli o`g`lim bor. Yaqinda kollejni tamomlaydi. Erim esa qimorga berilib ketdi. Avvaliga televizor, magnitofon kabi mayda buyumlarni, keyin butun boshli uy-joyimizni sotib yubordi. Har kuni ichardi, uyimizdan janjal arimay qolgan, ro`zg`orimizdan baraka uchgan. Bundan etti-sakkiz yil avval chet davlatlarga yong`oq yuborib, tirikchilik qilardi. Bir-ikki molini chegaradan o`tkazolmagach, binoyidek ishini tashlab, bekorchilikka o`tib oldi. Topish-tutishi yaxshi edi. O`sha paytlarda ham ichib turardi, yaqin yillardan boshlab aroqqa mukkasidan ketdi. Aksiga olgandek yomon odamlarga ham qo`shilib qoldi. Ulfatlari ham pul topib turganida «jo`ram», «oshnam» deb kirib kelaverishardi, uyimiz sotilib, bor-budimizdan ajralganimizdan keyin  qorasini ham ko`rsatmay, yo`q bo`lib ketishdi. O`zim ostona hatlab ko`chaga chiqqan ayol emasdim. Erim ruxsat bermasdi-da. Hatto kiyim-kechagimni ham turmush o`rtog`im keltirib berardi. Yilda bir-ikki marttagina onamnikiga borishimni aytmaganda, doim uyda o`tirganman. Shu sababli qo`limda tayinli ishim ham, hunarim ham yo`q. Turar joyimiz sotilganidan keyin otamnikiga qaytdim, o`g`lim bilan erim esa qaynog`amning uyida yashashayapti. Turmush o`rtog`imning menga qo`l ko`targani-ku mayli, o`g`limni ham o`z holiga qo`ymaydi. Ovqati yoki kir-chiri vaqtida tayyor bo`lmasa, zaharini darrov bolaga sochadi. Bolamga zarar etkazmasin deb, yurak hovuchlab o`tiraman. Uy-joyimdan ayrilganim, elu yurtning oldida bosh ko`tarolmay qolganim ham bir navi, shu inson bilan o`tkazgan umrimga achinaman. Hozir kafeda idish-tovoq yuvib, kun ko`rayapman. Olti xonali uyda uch nafar ukam xotin, bola-chaqalari bilan yashaydi. Kamiga men ham tor uyga tiqilib oldim. Yaqin orada o`g`lim bilan poytaxtdan bir uy ijaraga olib yashash niyatimiz bor. Lekin qimorboz erim shu erdan ham bizni topib, halovatimizni buzishidan qo`rqayapman. Xabar bermay ketay desam, bolamning otasi, ko`rishib turishiga qarshilik qilolmayman. Bir kun, baribir, ajrashishimni sezib turibman, biroq birinchi qadamni qo`yishga ikkilanayapman... 

Surayyo, 40 yosh, Toshkent viloyati.

Qaynonajon: —  Qizim, bunday er bilan yashash qiyin. O`zingiz aqlli ayolsiz, bu hayotda yashash, uning sinovlarini engib, yorug` kunlarga etib olish uchun ham kuch topishingiz shart. Shunday baxtning, oilaning qadriga etmagan eringizga insof bersin. Bu charxi azimga kelib, umrguzaronlik qilish oson emas. Bundan buyon suyanchig`ingiz — shu o`g`lingiz bo`ladi. Uni ehtiyot qiling, tarbiyasiga jiddiy e`tibor qarating. Maslahatim, tuman yoki viloyat xotin-qizlar qo`mitasiga murojaat qiling. Albatta, sizga yordam berishadi. Qolaversa, o`zingiz va farzandingizning xuquqini himoya qiluvchi qonun himoyachilari bor. Xaq-huquqingizni talab qilishni o`rganing. Sizga mustahkam sog`liq va kuchli iroda tilab qolamiz.

Shahnoza XALILOVA, ruhshunos: — Ajrashish-ajrashmaslik haqidagi qarorga faqatgina o`zingiz kelishingiz lozim. Bu borada biror narsa aytishim mushkul. Ammo sizdagi qo`rquv, xususan, eringiz qarshisidagi qo`rqish hissi kecha yoki bugun paydo bo`lgan emas. U yillar davomida ongingizda dasturlashib borgan. Qo`rquvni engishning eng samarali usuli esa dahshatlaringizga tik qarashdir. Agar buni mustaqil uddalay olmasangiz, mutaxassis bilan ishlashni tavsiya qilaman. O`g`lingiz kap-katta yigit bo`lishiga qaramay, bu voqealarga hech qanday munosabat bildirmayotganligining o`ziyoq unda ham mana shu qo`rquv ustunlik qilayotganligidan dalolat beradi.

Saodat OChILOVA yozib oldi.

 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1