AsosiySport
3753

Ronaldo mashg`ulot qilishni yomon ko`rganini ma`lum qildi

Braziliya termasining sobiq hujumchisi Ronaldo mashg`ulotlarga yoqtirmasligi haqida ma`lum qildi. Bu haqda "Championat.com" xabar bermoqda.

“Mashg`ulotlarni sog`inmayman, chunki ularni yoqtirmasdim. Men mashg`ulotlarga kechikmasdim. “Real”da ikki marta kechikkanman. Ularning har ikkisi bir haftada sodir bo`lgan. Birinchi marta Arrigo Sakki (“Real”ning sobiq sport direktori) meni jarimagan tortgandi. Ikkinchi safar kechikkanimda unga: “Yoki suhbatlashamiz, yoki meni jarimaga tortasizlar” deganman”, – dedi Ronaldo.

Eslatib o`tamiz, braziliyalik afsonaviy futbolchi 2002–2007 yillar davomida madridliklar sharafini himoya qilgan. 

Boshqa yangiliklar