1

Baxtiyor Saidov Pokistondagi teraktga munosabat bildirdi

Siyosat 31.07.2023, 14:46
Baxtiyor Saidov Pokistondagi teraktga munosabat bildirdi

Kecha, 30 iyul kuni Pokistonda “Islom ulamolari kengashi” partiyasining qurultoyida portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik. 

Tasdiqlangan xabarlarga ko`ra, portlash oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo`lgan. Ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamdardlik bildirdi.

“Pokistonning Bajaur hududidagi siyosiy qurultoyda sodir bo`lgan terrorchilik hujumi oqibatida ko`plab insonlar halok bo`lganidan chuqur qayg`udamiz. Qurbonlarning oila a`zolari va yaqinlariga o`z hamdardligimizni bildiramiz. Bu og`ir damlarda birodar Pokiston bilan birgamiz”, deydi vazir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1