1

Hindistonda o`tkazilgan Osiyo chempionatida o`zbek og`ir atletikachilari 9 ta medalga sazovor bo`lishdi

Sport 01.08.2023, 21:09
Hindistonda o`tkazilgan Osiyo chempionatida o`zbek og`ir atletikachilari 9 ta medalga sazovor bo`lishdi

Hindistonda o`tayotgan og`ir atletika bo`yicha Osiyo chempionatida -73 kg vazn toifasining bahslari hamyurtlarimizning benefisiga aylandi.  

Boisi ushbu dasturdagi chiqishlari bilan ham o`smirlar, ham yoshlar toifasida qatnashgan polvonlarimiz 9 ta medalga sazovor bo`lishdi.

O`smirlar o`rtasida kechgan bellashuvda Hikmatillo Haydarov dast ko`tarishda 127 kg, siltab ko`tarishda 160 kg va ikki kurashda 287 natija ko`rsatib, mutlaq chempionlikni tantana qildi.  

Shuningdek, mazkur yo`nalishda ishtirok etgan Isroilbek Ismoilov umumiy hisobda 264 (116+148) kg bilan bilan 3 ta bronza medaliga ega chiqdi.  

Yoshlar toifasida qatnashgan Abdulaziz Alimjonov esa ikki kurash bo`yicha 293 (133+160) kg bilan barcha yo`nalishlarda kumush medallarga sazovor bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1