AsosiySport
3594

Rasman! “Real” Luka Modrich bilan shartnomani 2020 yilgacha uzaytirdi

"Real Madrid" jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich madridliklar bilan amaldagi kelishuvini 2020 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Bu haqda Ispaniyaning AS nashri xabar bermoqda.

Ertaga, 19 oktyabr kuni xorvatiyalik futbolchi kelishuvni uzaytirish borasida jurnalistlarning savollariga javob beradi.

Ma`lumot uchun, Luka Modrich 2012 yili "Tottenxem"dan "Real" safiga kelib qo`shilgandi. U madridliklar safida 180 uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta golga mualliflik qilgan.

Boshqa yangiliklar