AsosiyJinoyat

Samarqand va Buxoroda o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, pul olayotganlar ushlandi

'Samarqand va Buxoroda o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, pul olayotganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan  hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro A.N. 2 nafar fuqaroni “Nukus innovatsion instituti” Samarqand filialiga 2-bosqichga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kogon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.S. va B.A. fuqaro Z.B.ni tanishlari yordamida  G`ijduvon tuman Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar