AsosiySiyosat

Ertaga Prezident Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga boradi

'Ertaga Prezident Shavkat Mirziyoev Turkmanistonga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston tomonining taklifiga binoan joriy yil 4 avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o`tkazish hamda O`zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar