1

Indoneziyadan keluvchi musulmon sayyohlar uchun hamyonbop tur paketlar ishlab chiqiladi

Siyosat 09.08.2023, 11:30
Indoneziyadan keluvchi musulmon sayyohlar uchun hamyonbop tur paketlar ishlab chiqiladi

O`zbekiston turizmi salohiyatini Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng targ`ib etish maqsadida Indoneziyada bo`lib turgan Turizm qo`mitasi delegasiyasi a`zolari bugun Indoneziya Musulmonlar idorasi (Majelis Ulama Indonesia) rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Uchrashuvda mamlakatlar o`rtasida “Halal tourism” targ`ibotini yanada kuchaytirish, musulmon sayyohlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalari muhokama etildi.

Ikki tomonlama muloqot chog`ida rasmiylar Indoneziyadan O`zbekistonga boruvchi musulmon sayyohlar sonini oshirish, bunda hamyonbop tur paketlar ishlab chiqish va sifatli xizmat ko`rsatish bo`yicha qator masalalar ko`rib chiqildi.

“Biz O`zbekistonning qadimiy tarixi va turizm imkoniyatlari haqida birmuncha ma`lumotlarga egamiz. O`zbekistonlik qomusiy olimlar tomonidan Islom dini tashviqoti uchun amalga oshirilgan ishlar va ularning ilmiy meroslari bilan yaqindan tanishish imkoniyati indoneziyalik musulmonlarni xursand etadi. Jumladan, Sumatra orolida yashovchi aholining 5 mln nafardan ortig`i Naqshbandiya tariqati asosida hayot kechiruvchilar hisoblanadi. Shu boisdan O`zbekistonga tashrif buyurishni istovchilar soni juda ko`plab topiladi”, dedi Indoneziya Musulmonlar idorasi Xalqaro aloqalar bo`limi rahbari doktor Sudarnoto Abdul Hakim.

Muloqot davomida ayni paytda Buxoroda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida indoneziyalik rasmiylarga to`liq ma`lumot berildi.

Uchrashuv yakunida Indoneziyadagi masjidlar va ularning atrofidagi aholi gavjum xiyobonlarda o`rnatilgan ekranlarda Buxoro targ`iboti bo`yicha videoroliklarni namoyishini tashkil etish borasida kelishib olindi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1