1

O`zbekiston Kaspiy dengizida o`z kemalariga ega bo`lishi mumkin

Siyosat 10.08.2023, 10:24
O`zbekiston Kaspiy dengizida o`z kemalariga ega bo`lishi mumkin

"O`zbekiston Kaspiy dengizida o`z kemalariga ega bo`lishdan manfaatdor", - dedi O`zbekiston Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o`rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA Ozarbayjonning "Report.az" axborot agentligi  manbasiga tayanib.

Bekzod Xolmatov Kaspiy dengizida o`z kemalarining mavjudligi Transkaspiy yo`nalishi bo`ylab yuk tashish hajmining oshishiga xizmat qilishini ta`kidladi. "O`zbekiston ham Ozarbayjon bilan birgalikda kema qurish loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor.  – dedi u. -Toshkent bu borada boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor".

Uning so`zlariga ko`ra, hozirgi paytda O`zbekiston Boku portida  o`z terminalini qurish bo`yicha ishlarni olib bormoqda.

O`zbekiston dunyoda "ikki karra qulflangan" (double locked countries) toifasiga kiruvchi ikki davlatdan biridir. Bu shuni anglatadiki, okeanlarga chiqish uchun kamida ikkita davlat chegarasini kesib o`tish kerak.

Shu bilan birga, transport vaziri o`rinbosari O`zbekiston importchilari Boku porti bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanini va mineral o`g`itlar terminalini uzoq muddatga ijaraga olishni yoki uni yaratishga sarmoya kiritishni maqsad qilganini aytdi. Hozir bu masala o`rganilmoqda, texnik-iqtisodiy asoslash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 2022 yilda O`zbekistondan Boku porti orqali eksport-import yuk tashish hajmi 904 ming tonnani tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 65 foizga ko`pdir. Oziq-ovqat yuklarini, jumladan, shakar xomashyosi, mineral o`g`itlar va konteynerlarni tashish hajmi sezilarli darajada oshdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1