12 avgust kuni tushdan keyin Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo`l o`tkazgichning beshta to`sini bir vaqtning o`zida qulab tushgandi. Holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, 3 nafar mansabdor ushlandi, deya xabar bermoqdaTransport prokuraturasi matbuot xizmati.
Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasidan Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi hamda Sodiq Tolipov ko`chasiga chiqish-tushishiga imkon beruvchi yo`l o`tkazgichni qayta qurish ob`ektida uzunligi 42 metrlik 5 dona to`sin (balka)lar qulab tushgan. Buning oqibatida 2 mlrd 760 mln so`mlik zarar etkazilgan.
Holat yuzasidan Transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 3 nafar mansabdor shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda, deyiladi xabarda.






