AsosiyDunyo

Britaniyada Rossiyaga xizmat qilib kelgan uch nafar josus ushlandi

'Britaniyada Rossiyaga xizmat qilib kelgan uch nafar josus ushlandi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada Bolgariyaning uch fuqarosi Rossiya foydasi uchun josuslik qilayotganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi. 

Ta`kidlanishicha, qo`lga olinganlar fevral oyidan buyon hibsda saqlanmoqda. Ular ustidan sud 2024 yil yanvar oyida Londonda boshlanadi.

“Buyuk Britaniyada Rossiya foydasiga ishlagan uch josus qo`lga olingan, ularga milliy xavfsizlik masalalari bo`yicha olib borilayotgan yirik qidiruv ishlari doirasida ayb qo`yilgan”, – deyiladi Bi-bi-Si teleradio korporasiyasi tarqatgan xabarda.

Xabarda ta`kidlanishicha, qo`lga olinganlar Bolgariya fuqarosi hisoblanadi, lekin ko`p yillardan buyon Buyuk Britaniyada istiqomat qilgan.

Hukumatning ta`kidlashicha, bolgariyaliklar Rossiya maxsus xizmatiga ishlab kelgan. Ular qalbaki hujjatlarni saqlaganlikda ayblanmoqda, deyiladi ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarlarda. Tarqatilgan ma`lumotlarga ko`ra, gap Britaniya, Bolgariya, Italiya, Ispaniya va boshqa davlatlarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari haqida bormoqda.

    Boshqa yangiliklar