1

44 yildan soʻng Ozarbayjonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”: olamshumul voqea qanday o’tdi?

Madaniyat 17.08.2023, 20:23
44 yildan soʻng Ozarbayjonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”: olamshumul voqea qanday o’tdi?

1-4 avgust kunlari Ozarbayjonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ushbu tadbirlarning qanday oʻtgani haqida batafsil maʼlumotni biz bilan baham koʻrdi.

Assalomu alaykum Samir Alihasanovich, yaxshi maʼlumki, Ozarbayjonda “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtdi. Bu olamshumul voqea.“Oʻzbekiston madaniyati kunlari” qanday oʻtgani haqida gapirib bersangiz.  

- Avvalo, shuni qayd etish joizki, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng, ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va birodarlikning tarixiy munosabatlari yanada rivojlanib, hozirgi darajaga yetdi.

Bugungi kunda Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlari rivojlanishning yangi bosqichiga kirgani, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan muvaffaqiyatli davom ettirilayotgani aniq. Ozarbayjon-oʻzbek munosabatlari bugungi kunda ikki mamlakat rahbarlarining istiqbolli siyosati, oʻzaro tashriflari va muntazam aloqalari tufayli yanada jadal rivojlanmoqda.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida tarixan yaqin madaniy aloqalar mavjud. Ikki xalq bir-birining madaniyatidan ilhom olib, ularni oʻzaro boyitadi.

Mamlakatlarimiz mustaqillikka erishgandan soʻng, ilk marta, 44 yildan soʻng Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” boʻlib oʻtdi. Eʼtiborlisi, ushbu tadbirlarni oʻtkazish uchun Oʻzbekistondan 200 dan ortiq qardosh tashrif buyurgan.

Tadbirlarning darajasi, koʻlami va ahamiyatini inobatga olgan holda uning ochilishi Ozarbayjon xalqining Umummilliy Lideri Haydar Aliyev nomidagi saroyda boʻlib oʻtdi. Ozarbayjon va Oʻzbekiston sanʼat ustalari ishtirokida Kamoliddin Oʻrinboyev rahbarligida Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri hamrohligida tantanali konsert dasturi tashkillashtirildi.

Yaqin orada Bokuda bu qadar anshlag kuzatilmagandi, zal tik turgan holda olqishladi.

Konsert dasturida mashhur va sevimli sanʼatkorlar Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Ilyos Arabov, Yulduz Turdiyeva, Ozoda Nursaidova, Samandar Alimov va boshqalar ishtirok etdi.

Doʻstona munosabatlar belgisi sifatida konsertda Ozarbayjon va Oʻzbekiston xalq artisti Gulyanogʻ Mammadova va Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan artist Tarzan Sohib Pashozoda ham qatnashdi.

Madaniyat kunlari doirasida shuningdek, Ozarbayjon milliy kutubxonasida ham tadbir uyushtirildi. Shu haqda ham toʻxtalib oʻtsangiz.

- Madaniyat kunlari doirasida M.F.Oxundov nomidagi Ozarbayjon milliy kutubxonasida “Oʻzbek adabiyoti burchagi”ning ochilishi muhim voqealardan biri bo'ldi. Ozarbayjonlik kitobxonlar har doim Oʻzbekistonning qardosh xalqi, uning urf-odatlari, anʼanalari va albatta adabiyoti bilan qiziqqan. Endilikda ushbu burchakning ochilishi tufayli ular Oʻzbekiston bilan yanada yaqinroq tanishishlari mumkin.

Ushbu tadbir oʻzbek adabiyotining taniqli vakili Abdulla Qodiriyning ozarbayjon tilidagi “Минувшиедни” (“Oʻtkan kunlar”) asarining yangi nashri taqdimoti bilan davom etdi. Roman ilk marta 1929-yilda ozarbayjon tiliga tarjima qilingan va bir necha bor qayta nashr etilgan. Bu ikki mamlakat yozuvchilarining oʻzaro hamkorligining samarasidir. Asarda koʻtarilgan savollar, tarixiy voqealar, qahramonlarning taqdiri ozarbayjonlarga juda yaqin.

Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzolari – milliy adabiyotning taniqli namoyandalari guruhining ishtiroki tadbirga alohida muhit bagʻishladi.

Ozarbayjon va oʻzbek xalqlari adabiyoti qadimiy umumiy ildizlarga ega. Bu jihatlar Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Fuzuliy va boshqa koʻplab shoirlarning ijodida yaqqol namoyon boʻladi. Mirza Fatali Oxundov, Husayn Jovid, Samad Vurgʻun va Ozarbayjon adabiyotining koʻplab adiblari oʻzbek oʻquvchisiga yaqin.

Ushbu tadbirning davomi sifatida Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqa teatri jamoasi Ozarbayjon davlat akademik musiqa teatri sahnasid aoʻzbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” (Минувшие дни) asari asosida spektakl taqdim etdi.

Ozarbayjon kinematografiyasi har doim oʻzbek tomoshabinlarining katta qiziqishi va eʼtiboridan bahramand boʻlib kelgan. Ozarbayjon teatri sahnasida taqdim etilgan “Qaynona” spektakli haqida nimalar ayta olasiz?

- Oʻzbekistonda Ozarbayjon asarlari har doim katta qiziqish uygʻotib, “Arshin Mal olan”, “Layli vaMajnun”, “Qaynona” kabi asarlar oʻzbek jamoatchiligi orasida juda mashhur va sevimlidir.

“Qaynona” filmi Oʻzbekistonda qanchalik sevib tomosha qilinishiga shaxsan oʻzim guvoh boʻldim. Sobiq Ittifoq davridan beri ushbu film oʻzbek tiliga dublyaj qilingan va hozirgacha Ozarbayjonda boʻlgani kabi, vaqti-vaqti bilan oʻzbek telekanallarida namoyish etiladi. Bundan tashqari, oʻzbek toʻylarida “Qaynona” qoʻshigʻi juda mashhur.

Oʻtgan yilning qish faslida hamda shu yilning bahorida Muqimiy nomidagi Davlat musiqa teatri sahnasida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi koʻmagida Ozarbayjon teatri va kinematografiyasining durdonalaridan biri boʻlgan “Qaynona” komediyasi sahnalashtirilgani bejizemas. Oʻzbekistonning teatr sahnalarida Ozarbayjonp yesalari va asarlarini sahnalashtirish har doim muhim voqea sifatida qabul qilinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Madaniyat kunlari doirasida Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqa teatri yana Ozarbayjon davlat akademik musiqa teatri sahnasida “Qaynona” asari bilan chiqish qildi.

Oʻzbek tilida namoyish etilgan spektaklda ariyalar ozarbayjon tilida ijro etilib, koʻplab mashhur sahnalaresa tomoshabinlarning qizgʻin qarsaklari bilan kutibolindi.

Oʻzbekistonlik sanʼatkorlar ozarbayjon tomoshabinlariga qanday yakuniy dasturni taqdim etishdi?

- Bokudagi bulvarda muxlislar qarshisida boʻliboʻtgan madaniyat kunlarining tantanali yopilish marosimida Oʻzbekiston xalq artistlari Farrux Zokirov, Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Abduhoshim Ismoilov, Zulayho Boyxonova, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, Samandar Alimov va boshqalar oʻzsanʼatlarini namoyish qilishdi.

Konsert davomida sanʼatkorlar oʻz repertuaridagi eng mashhur qoʻshiqlarni kuylashdi. Oʻzbekistondan Ozarbayjonga tashrif buyurgan sanʼatkorlar oʻzlarining ajoyib chiqishlari bilan buyuk tarixga, boy madaniyatga ega ekanliklarini yana bir bor namoyish etdilar. Tadbirda Oʻzbekistondan koʻplab mehmonlar va Bokuda istiqomat qiluvchi ushbu mamlakat fuqarolari qatnashdi.

Oʻzbekiston folklor ustalarining konsert dasturi katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Bularning barchasini inobatga olgan holda aytish mumkinki, etnik, diniy va madaniy qadriyatlarjihatidan bir-biriga yaqin boʻlgan ozarbayjon-oʻzbek munosabatlari tobora rivojlanib, ushbu hamkorlik mamlakatlarimiz va xalqlarimiz, shuningdek, butun turkiy dunyo rivojiga ham salmoqli hissa qoʻshadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1