1

Qashqadaryoda qadimiy qishloq xarobalari topildi

Madaniyat 23.08.2023, 11:40
Qashqadaryoda qadimiy qishloq xarobalari topildi

Samarqand arxeologiya instituti xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida joylashgan Xo`ja Ravshan obidasi hududidagi dala tadqiqotlari chog`ida qator arxeologik topilma va tuproq qatlamlari aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi.

Qazish ishlari mobaynida qishloq xarobalari orasidan Amir Temur davriga mansub 4 ta xona kashf qilindi. Ma`lum bo`lishicha, ushbu yodgorlik o`rnida XIII-XIV asrlarda Qarshidan Buxoroga olib boruvchi gavjum aholiga to`la karvon yo`li joylashgan bo`lgan. Qishloqning bugungi kunda saqlanib qolgan qoldiqlarining maydoni 30 gektarni tashkil etadi. 

Mutaxassislarning taxminlariga ko`ra, o`sha kezlari istiqomat qilgan ovul aholisi chig`atoy davrining so`nggi va Amir Temur zamonida madaniy jihatdan ancha taraqqiy etgan bo`lgan. Topilmalar orasida koshin, sirlangan sopol, metalldan yasalgan xo`jalik jihozlari va boshqa noyob buyumlar bor. Tadqiqotchilar Amir Temur zamonida nafaqat shaharlar, balki qishloqlarda ham rivojlanish darajasi yuqori bo`lgani haqida dastlabki xulosalarga keldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1