AsosiyJamiyat

Toshkentlik ayol turk aktyori Burak Ozchivit bilan bir kun qolish uchun 100 ming dollar to`ladimi? "darakchi.uz" aniqlik kiritdi

Toshkentlik ayol, turk aktyori Burak Ozchivit bilan bir kecha qolish evaziga 100 ming AQSh...

'Toshkentlik ayol turk aktyori Burak Ozchivit bilan bir kun qolish uchun 100 ming dollar to`ladimi? "darakchi.uz" aniqlik kiritdi'ning rasmi

Toshkentlik ayol, turk aktyori Burak Ozchivit bilan bir kecha qolish evaziga 100 ming AQSh dollari pulni firibgarga berib yuborgani haqida xabar tarqaldi. 

Tarqatilayotgan xabarga ko`ra, instagramda aktyorning soxta sahifasida administrator ayolga Burak bilan uchrashuv tashkil qilinishini va`da berib, o`ziga tegishli VISA kartaga 100 ming AQSh dollari o`tkazishi kerakligini aytadi.  

Ayol o`zining tilla taqinchoqlarini sotib, yana eri yig`ib quygan pullarni ham olib, hech kimga bildirmay bankka boradi va soxta administrator aytgan karta raqamga pullarni o`tkazib yuboradi. “Burakning Administratori” ayolga qo`ng`iroq qilib, “yana 50 ming dollar o`tkazing, yaqin kunlarda Istanbuldagi qimmatbaho mehmonxonaning eng lyuks xonasida aktyor bilan birga bo`lasiz” deydi. Ayol chuv tushganini fahmlaydi va darhol Shayhontohur tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, firibgarlarga aldanganidan shikoyat qiladi.  

"darakchi.uz" holatga aniqlik kiritish maqsadida, tarqalayotgan xabar nechog`lik haqiqat ekanini so`rab IIV matbuot kotibi Shoxruh G`iyosov bilan bog`landi. 

"Feyk bu, Rossiyada shunga o`xshash xolat bo`lgan, shuni plagiat qilib O`zbekistondagi telegram kanaldan biri chiqargan, qolganlar undan ko`chirgan. Shayhontohur tuman IIBga bu mazmundagi hech qanday murojaat kelib tushmagan", - deya javob berdi IIV matbuot kotibi.

"darakchi.uz" avvalroq Rossiyada tarqalgan shu mazmundagi xabarga e`tibor qaratdi. 

Undagi xabarga ko`ra, rus qiz "aktyor Rayan Gosling" bilan uchrashuv uchun deyarli 300 000 rubl to`laydi.

Rayan Goslingning yordamchisi shaxsiy xabarida chuvashiyalik qizga yozgan. Kanadalik aktyorning yordamchisi muxlisga Rayan u bilan shaxsan uchrashish uchun Rossiyaga uchib ketmoqchiligini aytadi.

Muxlis qarz oladi, firibgarlarga  300 ming rubl pul yubordi va Ken bilan o`z vatanida uchrashishga tayyorlandi. Ammo suhbatdosh yana 200 ming talab qilib, uni shantaj qila boshlaganida rus qiz aldanganini tushunadi.

    Boshqa yangiliklar