Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq go`shti, 4 ta kartoshka, 3 dona pomidor, 1 tadan yashil va qizil bulg`or qalampiri, 1 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoq piyoz, yarimta limonning sharbati, o`simlik yog`i, zira, murch, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Baliqni o`rtacha kattalikda bo`laklab, qaynating.
2. Piyozni halqa qilib to`g`rang. Sarimsoq piyozni maydalang.
3. Qizdirilgan o`simlik yog`ida piyoz va sarimsoq piyozni qovuring (kattaroq idishda).
4. Bulg`or qalampirini mayda to`rtburchak shaklda to`g`rab, qovurilayotgan piyozga qo`shing. Olovni pasaytirib, 2-3 daqiqa qovurishda davom eting. Qovurma ustidan 1,5 l. suv soling. Keyin bo`laklangan kartoshkalarni soling. Ziravorlar va tuz sepishni ham unutmang.
5. Pomidorni ham to`rtburchak shaklda to`g`rab, sho`rvaga soling. Baliq qaynayotgan suvni yarimta limon sharbati bilan birga sho`rvaga soling. Baliq go`shtini alohida idishga olib qo`ying. Sho`rva qaynab chiqqach, pishgan baliq go`shti ustidan sho`rvani suzib, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 10 daqiqa





