Maqtang!
Sabab: Sevgan insonini yo`qotishdan qo`rqish. «Agar u meni tashlab ketsa, hech kimga kerak bo`lmay qolaman», deb hisoblaydi va tashlab ketmasliklarining chorasini oldindan ko`rmoqchi bo`ladi.
Echim: Bu toifa kishilarning o`ziga ishonchini oshirish kerak. Ya`ni uning dunyodagi eng mehribon turmush o`rtoqligini aytib, maqtab turilsa, rashk xuruji chekinadi. Ularning ataylab rashkini keltirish yaramaydi, unutmang.
Ochiqcha gaplashing!
Sabab: Arzimgan narsada ham xiyonat soyasini ko`radi. Na ishonadi, na tinch qo`yadi. Har daqiqada noroziligini bildirib turish u uchun odatga aylangan.
Echim: Ochiqchasiga gaplashib oling, uning shubha-gumonlari siz uchun xaqoratomuz tuyulishini tushuntiring. Lekin eng asosiysi, o`zingiz ham uning rashk qilishi uchun sabab bo`la oladigan vaziyatlarga tushmaslikka harakat qiling.
E`tiboringizni qizg`anmang!
Sabab: Juftingizning sizga bee`tiborligi yoki sizning unga befarqligingiz.
Echim: Hamisha sevgan insoningizning e`tiborida bo`lishga erisha olish katta san`at va yutuq! Faqat oshirib yuborilmasa bo`lgani. Bu e`tibor rashk asorati sifatida nazoratu shubhaga aylanib qolmasin tag`in?!
Sukut saqlang!
Sabab: Beruxsat qilingan kichkina ishni ham o`ziga qarshi ko`tarilgan isyondek qabul qiladi. Bo`ysindirish uchun tilini qisiq qiluvchi bahonalar qidirishdan charchamaydi.
Echim: O`zingizni oqlashga urinmang. Bu janjalni avj oldiradi. Jim eshitib, bir-ikki kun o`tgach, vaziyatga oydinlik kiriting.
Qasdma-qasd ish tutmang!
Sabab: Zerikish, maqsad yo`qligi, ishsizlik (ayniqsa, erkaklarda) behuda rashkka sabab bo`ladi.
Echim: Avvalo xizmatlaringiz, topayotgani pulingiz, ishdan charchashingizni minnat qilmang. Turmush o`rtog`ingizni ruhlantiring. U bilan kelajak haqida rejalar tuzing. Bu bilan uning ishonchini oshirasiz.
26.09.2021, 17:45
O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...27.05.2021, 16:56
AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...03.12.2019, 10:59
Poytaxtimizning Mirobod tumanida yashovchi fuqaro H.N. Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 29 noyabrga o`tar kechasi o`ziga tegishli «Gulobod» mahalla fuqarolar yig`ini...14.11.2019, 18:36
O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...