AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev mustaqillik bayrami arafasida yana ikki fuqaroni taqdirladi

Prezident Shavkat Mirziyoevning «A.Saksanovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash t...

'Shavkat Mirziyoev mustaqillik bayrami arafasida yana ikki fuqaroni taqdirladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoevning «A.Saksanovni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to`g`risida»gi farmoni e`lon qilindi.

Unga ko`ra, Yangi O`zbekistonni bunyod etish yo`lida o`zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, tadbirkorlik sohasida ko`plab istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani, ijtimoiy masalalarni hal etishda jonbozlik ko`rsatayotgani, xususan, mamlakatimizda ta`lim tizimini rivojlantirish, har tomonlama  sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish ishlaridagi katta xizmatlari,  yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, aholi farovonligini yuksaltirish borasida alohida ibrat va namuna bo`layotgani, shuningdek, jamiyatda o`zaro ko`mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu harakatlardagi faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi «Saksanov» mas`uliyati cheklangan jamiyati ijrochi direktori Saksanov Abdikarim Yuldashovich «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internati direktori M.Sultanova «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi» unvoni bilan taqdirlandi.

    Boshqa yangiliklar