Bolaning o`qishga qiziqishi bo`lmasa...

SUG'DIYONA 21.10.2016, 14:36
Teglar: Ota, Ota-ona, Oila, Ona va bola
Bolaning o`qishga qiziqishi bo`lmasa...

— O`g`lim birinchi sinfda. Ikkinchi chorak yakuniga etishiga oz qoldi, ammo haligacha o`qishga ko`nikolmaydi. O`qituvchisining aytishicha, u bir nuqtaga beparvo qarab, qo`lida chizgich yoki ruchkani partaga urib o`tiraveradi, dars qilishni istamaydi. Boshim qotgan, nima qilay?

Saida QODIROVA, Toshkent shahri

Mutaxassis: ruhshunos Zebuniso Ahmedova.  

BOLA STRESS HOLATIDA!

Bu vaziyat bolaning ruhiy tushkunlik holatida ekanligini bildiradi. Ya`ni, bola uchun maktab sharoitiga moslashish stressga aylangan. Ayni damda ruhiyati uchun qulay bo`lgani uchun darsda o`zini loqayd, o`qituvchining gapiga befarq qilib ko`rsatadi. Chizgich yoki ruchkani bir maromda urishi uning harakatlarida tajovuzkorlik borligini bildiradi. Ayni damda bolaning ko`ngli nimadandir to`lmayapti. Mazkur holat ko`proq tez-tez xastalanadigan, bosh miya ichki bosimi ko`tarilib turadigan bolalarda yuz beradi. Shuningdek, bolaning maktabga moslashuvi qiyin kechishiga uydagi ruhiy muhit ham sabab bo`ladi.

KO`NGLIGA YO`L TOPING!

Darsda o`qituvchining gapini eshitmaslik, ichki olamiga kirib ketish mehrga tashna, etarli e`tibor ololmayotgan bolalar uchun xos. Bunday paytda o`qituvchi ham, ota-onalar ham bola bilan muosabatda o`zgacha yo`l tanlashlari kerak. Bolani tanqid emas, qo`llab-quvvatlash orqali yo`lga solinadi.  Bolaning arzimagan yutuqlarini ham inobatga olish shart!

Masalan, o`qituvchi bolakayni doskaga chiqarib, uni faqat misol yozishga, ikkinchi o`quvchini esa shu misolni echishga undasin. Lekin oxirida ikkala o`quvchini teng taqdirlab, “bilmasvoy”ingizga ikki xissa ko`proq mehr berishini, yaxshi baho qo`yishini iltimos qiling. Bola bor-yo`g`i misolni doskaga yozgan bo`lishi mumkin, ammo uning darsda qatnashishini ham g`alaba singari nishonlash kerak. Asta-sekin bu usul ish berib, bola loqaydlikdan harakat qilishga, misolni o`zi, mustaqil echishga o`tadi.

MEHR KO`ZDA VA SO`ZDA

Farzandingizni ko`proq bag`ringizga bosing. Kamchiliklarni ko`rsatib, hadeb siltash o`rniga ko`proq boshini silang, qo`l barmoqlarini engil uqalang. Shu yo`l bilan uni o`zingizga yaqinlashtirasiz, asabiy taranglikni ham bartaraf etasiz. Uxlashidan avval iliq suvda cho`milsa, tinchlanadi. Dars tayyorlash va maktabga borishdan oldin esa, bolaning ko`zlariga qarab, qat`iylik bilan sekin ovozda: “Sen, albatta, uddalaysan, men senga ishonaman, muhimi yolg`iz emassan” deb takrorlang. Bu so`zlarning ruhiy ta`siri juda kuchli: chunki undan oldin tinchlantiruvchi uqalash muolajasi bo`lib o`tdi, endi esa ishonch bilan ruhiyatiga ta`sir o`tkaziladi.

YaNA BIR TAVSIYa...

Ichki olamiga sho`ng`ib ketmasligi uchun o`z tuyg`ularini ijod (rasm chizish, plastilindan buyum yasash) orqali namoyon qilishga undang. Bular tajovuzli harakatlardan chalg`ishga yordam beradi.

Oila a`zolari bilan ovozni balandlatmasdan, hurmat bilan gapirish, ko`proq tabassum qilish orqali esa uydagi muhitni yaxshilang. O`zaro suhbat paytida bolaning xato-kamchiliklarini emas, yutuqlarini birma-bir sanab, uni ruhan qo`llab-quvvatlang.

Unutmang, shu bugundan boshlab, farzandingiz loqayd, dangasa emas, u kichik shahzoda! Shahzodalarni kim tarbiyalaydi? Aqlingizga balli, albatta, qirolichalar! Farzandingizni qirolichalardek e`tibor, nazokat va ko`tarinki ruhda tarbiyalangki, hayotda ezgu ishlarga qodir, kuchli inson bo`lib etishsin.

Barno HOJIMIRZAEVA 

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
«IChKILIK BO`LMASA EDI...»

23.12.2017, 17:11

Sayyora, 30 yosh, Jizzax viloyati: — Turmushga chiqqanimga o`n yil bo`libdi. Ikki farzandim bor. Qaynona-qaynotam bilan birga yashaymiz. Shu yillar ichida tinch, osoyishta, xotirjam yashaganimni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1