1

Bangladeshning yangi elchisi O`zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Siyosat 29.08.2023, 19:31
Bangladeshning yangi elchisi O`zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Bangladeshning O`zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Muhammad Monirul Islomni qabul qildi.

"Bangladeshning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Muhammad Monirul Islom janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini olishdan mamnunmiz, - deb yozdi  O`zbekiston TIV rahbari o`zining telegram-kanalida. - O`zbekiston va Bangladesh izchil iqtisodiy o`sish sur`atlarini ko`rsatmoqda, maqsadlarimiz mushtarak, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.  O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o`zaro aloqalarni barcha sohalarda jadallashtirishga tayyor".

Eslatib o`tamiz, Muhammad Monirul Islom 2020-2023 yillarda Bangladeshning Toshkentdagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Muhammad Jahongir Alam o`rnini egalladi.

Yangi  elchi 48 yoshda. 2001 yildan beri Bangladesh TIV tizimida  ishlab kelmoqda. U Toshkentga tayinlangunga  qadar o`z mamlakatining Istanbul va Nyu-Yorkdagi  bosh konsulliklarida ishlagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1