Ekologiya. Biz bu so`zni so`nggi yillarda deyarli har kuni eshitadigan bo`ldik. Bu muammoni hal qilish maqsadida esa ayrim davlatlar allaqachon inson aqlini “shoshirib” qo`yadigan darajadagi katta miqdorda pul sarflamoqda.
Bu mummo O`zbekistonda ham mavjudligi barchamizga ma`lum. OAV orqali deyarli har kuni bu mavzu haqida gapirilishiga qaramay muammo dolzarbligicha qolmoqda.

Kuni kecha esa Bo`stonliq tumanida ushbu muammoga yoshlarni e`tiborini qaratish maqsadida “Clean games” tadbiri o`tkazildi.
Tadbir uchun poytaxtdan taxmiman 1 soatlik yo`lni bosib o`tib, Chirchiq daryosi oqib o`tgan joy tanlandi. Chunki yoz faslida aholi salqin joylarga ko`p boradi va bu ka`bi maskanlarda chiqindilar ham ko`payadi.
Tadbirda ishtirokchilarga metall, shisha, plastik va boshqa chiqindilarni alohida to`plash vazifasi yuklatildi.

Chiqindilarni saralash nima uchun muhim?
Bugungi kunda aksariyat insonlar axlatni saralash yoki saralamaslik haqida o`ylab ham ko`rmaydi. Jahon banki ma`lumotlariga ko`ra, chiqindi saralanmasligi natijasida sayyoramizda har yili 2 milliard tonnadan ortiq qattiq maishiy chiqindilar hosil bo`lmoqda. 2050 yilga borib sayyoramizdagi chiqindilar miqdori 70 foizga oshadi, degan taxminlar ham mavjud.

Odamlar chiqindini saralamagani tufayli atrof-muhit bilan bog`liq muammolar ko`p. Sababi saralanmagan chiqindilar juda ko`p joy egallaydi va bu ulkan poligonlar paydo bo`lishiga olib kelmoqda. Qayta ishlanadigan materiallar qayta ishlanmaydigan materiallar bilan aralashtirilganda, qimmatbaho tabiiy resurslar isrof bo`lishi mumkin. Masalan, poligonlar suvning ifloslanishi, katta yong`inlar, global isish (yoki sovish) va yana boshqa bir qancha salbiy oqibatlarni keltirishi turgan gap.
Tadbir yakunida eng ko`p chiqindi saralagan ishtirokchilar tashkilotilar tomonidan sovg`alar bilan taqdirlandi.

Bir qaraganda oddiy, lekin bugungi kunda suv va havodek zarur bo`lib turgan bu ka`bi tadbirlar keyinchalik bundanda kattaroq masshtabda o`kazilishi ta`kidlandi.
Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi va O`zbekiston volontyorlar Assosiasiyasi tomonidan o`tkazildi.






