AsosiyJamiyat

Kasbga o`qitishning Oqdaryo tajribasi respublika bo`yicha tatbiq etiladi

'Kasbga o`qitishning Oqdaryo tajribasi respublika bo`yicha tatbiq etiladi'ning rasmi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o`quvchilarni kasbga o`qitish tajribasi butun respublikada keng tatbiq etiladi. Jumladan:

Keyingi o`quv yiliga qadar Samarqanddagi har bir tumanda 10 tadan maktabda bu tizim joriy etiladi.

Bu yil 387 ming nafar o`quvchi maktabni tamomlab, 138 mingtasi oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirgan, yana 54 mingtasi professional ta`lim bilan qamrab olinadi. Lekin qolgan 195 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga o`rgatish va o`qitish masalasi dolzarbdir.

Yil yakunigacha har bir tumandagi kamida ikittadan maktabda ushbu tajriba yo`lga qo`yladi.

Oqdaryo tumanidagi 32-maktabda o`quvchilarni 7-sinfdan boshlab mahalla va tumanda talab yuqori bo`lgan veterinar, agronom, meva-sabzavot quritish, ipakchi, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o`rgatish va 2 ta chet tilini o`qitish yo`lga qo`yilgan.

E`tiborlisi, ushbu loyiha mahalliy byudjet va tadbirkorlar mablag`lari hisobidan bo`lib, o`quvchilar bu erda ish haqi olmoqda.

    Boshqa yangiliklar