1

Shavkat Mirziyoev “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi

Siyosat 30.08.2023, 18:17
Shavkat Mirziyoev “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari bugungi kunda O`zbekiston energetika tarmog`ini rivojlantirish va modernizasiya qilishga eng ko`p investisiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.

Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari, shamol va quyosh energetikasi ob`ektlari, energetika infrutizilmasini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, ilg`or texnologik echimlar asosida uskuna va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Muhammad Abunayyan hamraislik qilayotgan qo`shma Ishbilarmonlar kengashi doirasida Saudiyaning etakchi kompaniya va bank institutlarini O`zbekistonga jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta`kidlandi.

Uchrashuv yakunida “ACWA Power” raisi uning faoliyati yuksak baholangani va davlat mukofoti – “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun O`zbekiston etakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1