AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston Respublikasida o`n beshinchi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi

'Qoraqalpog`iston Respublikasida o`n beshinchi zamonaviy Davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi'ning rasmi

Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida Davlat xizmatlari markazining ochilishi nafaqat Kegeyliliklar uchun, balki barchamiz uchun muhim voqeadir. Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo`ladi.

Tantanali ochilish marosimida tuman O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri o`rinbosari X.Meliev, Qoraqalpog`iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va Kegeyli tuman hokimi A.Kamalov, adliya bo`limi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Takrorlanmas me`moriy dizaynga ega Markaz Kegeyli tumanining 70 000 dan ortiq aholisiga xizmat ko`rsatish uchun barcha sharoitga ega.

Qoraqalpog`iston Respublikasidagi o`n beshinchi Davlat xizmatlari markazi ham davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili, ya`ni yashash joyidan qat`iy nazar foydalanish imkonini beradi.

Bino qurilishida uning zamonaviy shaharsozlik me`yorlariga mos kelishi, fuqarolar, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun eng qulay sharoitlar yaratishga alohida e`tibor qaratildi. Yangi Markazda elektron navbat tizimi, axborot kioski, o`z-o`ziga elektron xizmatlar ko`rsatish uchun zamonaviy zona, bolalar maydonchasi va mini kutubxona mavjud. Tuman davlat xizmatlari markazida tashrif buyuruvchilarning farzandlari uchun bolalar maydonchasi ham tashkil etilgan.

Markaz aholining barcha qatlamlari, jumladan, yosh bolali ayollar, nogironligi bor shaxslar, yoshlar va keksalarga ham mo`ljallangan. Masalan, davlat xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash maqsadida Davlat xizmatlari markazida panduslar, tutqichlar, shuningdek, nogironlar aravachalari, ko`zi ojiz shaxslar uchun taktil plitkalar, bino rejasining Brayl alifbosida taqdim etilgan ma`lumot stoli, nogironlar aravachasida harakatlanuvchi shaxslar uchun davlat xizmatlarini olishda qulaylik yaratish uchun maxsus moslashtirilgan stol va maxsus hojatxona bilan jihozlangan.

Yangi binoda Adliya bo`limi, Yuridik xizmat ko`rsatish markazi, Fuqarolik holati dalolatnomasini yozish bo`limi va Davlat xizmatlari markazining bir joyda bo`lishi hudud aholisiga yana bir qulaylik yaratadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar