AsosiySport
6362

Ronaldu bitta surati bilan minglab buddistlarning g`azabini keltirdi

“Real Madrid” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Feysbuk” sahifasiga yuklagan bitta surati orqali minglab buddistlarning g`azabini keltirdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.

Gap shundaki, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi Budda haykali oldida suratga tushdi. Buddaga e`tiqod qiluvchilarning g`azabini Ronaldu haykal ustiga oyog`ini qo`ygani keltirib chiqardi.

Ushbu surat futbolchining uyi yaqinida olingan. Ronaldu suratga “Xayrli tong” deya izoh bergan. “Feysbuk” foydalanuvchilari “Real” hujumchisini hurmatsizlikda aybladi.

Bir kun ichida suratga qariyb 63 ming izoh va 1,2 million “layk” qoldirildi.

Boshqa yangiliklar