AsosiyDunyo

AQShda polisiyachi homilador ayolni otib o`ldirdi (video)

'AQShda polisiyachi homilador ayolni otib o`ldirdi (video)'ning rasmi

AQShning Ogayo shtatida polisiya xodimi do`kondan spirtli ichimlik o`g`irlashda gumon qilingan qora tanli homilador ayolni otib tashladi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur voqea joriy yilning 24 avgust kuni yuz bergan. Ogayo shtati polisiyasiga shahar hududidagi do`konda o`g`irlik sodir etilgani haqida xabar berilgach, tezkor guruh belgilangan manzilga etib kelgan. Avtomobillar to`xtash joyida gumonlanuvchining mashinasi organ xodimlari tomonidan qurshab olingan, biroq Takiya Yang ismli 21 yoshli ayol ularning talablarini bajarishdan bosh tortib, harakatni davom ettirgan.

Polisiyachilarning bodikamerasiga tushib qolgan tasvirlarda Yang unga qurol o`qtalib turgan xodimning ustiga qarab mashinasini haydagani tasvirlangan. Bu vaqtda esa ofiser homilador ayolga qarata o`q uzgan. 

Ikki nafar farzandning onasi, uchinchisiga homilador bo`lgan Takiya Yang olgan og`ir tan jarohati tufayli shifoxonada jon bergan.

    Boshqa yangiliklar