1

Ulug`bek Rashidov tarixiy natija qayd etdi

Sport 03.09.2023, 09:25
Ulug`bek Rashidov tarixiy natija qayd etdi

Ulug`bek Rashidov — ketma-ket ikki bor Gran-Pri turnirida g`olib bo`lgan ilk o`zbek taekvondochisi bo`ldi.

Parij shahrida o`tayotgan taekvondo WT bo`yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni O`zbekiston milliy jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

-68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Ulug`bek Rashidov oltin medalni qo`lga kiritdi. U murosasiz kechgan final jangida braziliyalik Edivak Pontes ustidan g`alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarildi.

Rashidov bu bilan ketma-ket ikki bor Gran-pri turnirida g`alaba qozongan ilk o`zbek taekvondochisiga aylandi. Ulug`bek 3 oy avval Rim Gran-prisida ham zafar quchgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1