Avvalroq, Samarqand Davlat universiteti Kattaqo`rg`on filiali faollar zalidagi beton plita qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida ikki kishi jabrlangani aytilgan edi. Keyinchalik jabrlanganlar soni ko`proq ekani aytild.
Unga ko`ra, 2023 yil 4 sentyabr kuni soat taxminan 10:50 larda Kattaqo`rg`on shahrida joylashgan SamDUning Kattaqo`rg`on filialidagi zali shift qismiga o`rnatilgan temir beton plitasi qulab tushganligi oqibatida 6 nafar talaba qiz tan jarohati olgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.
Hozirda binoning qurilishi hamda mukammal ta`mirlanishi holati mutaxassislar jalb qilingan holda o`rganilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






