- Gulning pastki barglari qurishi va to`kilishi yorug`lik etishmasligi yoki havoning o`ta yuqori haroratliligi yoki etarlicha sug`ormaslik oqibatida ro`y beradi.
- G`unchasi yoki guli to`kilishiga havoning quruqligi, kam sug`orish, tuvak joyini tez-tez almashtirish, azot etishmasligi va zararkundalar sabab bo`ladi.
- Gullari tez so`lib qolsa, bu o`simlikning o`g`itga muhtojligi, quyosh nuri, xona havosida namlik etishmayotgani, haddan ortiq issiq harorat belgisi.
- Barglari uchining sarg`ayishi — kalsiy etishmasligi, etarlicha sug`ormaslik oqibati.
- Yaproq va shoxlari chiriy boshlasa, bunga gullar uchun yomon shart-sharoit tufayli yuzaga kelgan kasallik, aksariyat hollarda tuprog`idagi yuqori namlik sabab.
- O`simlik sekin o`syapti yoki umuman o`smayaptimi? Barcha o`simliklar uchun kuz va qish sokinlik davri hisoblanadi. Bu paytda ular deyarli o`smaydi yoki juda sekin o`sadi. Agar bu hol bahor va yozda ham davom etsa, bunga mineral moddalar, yorug`lik etishmasligi va ko`p sug`orish sabab bo`ladi.
- Gullamasligi sokinlik davrining buzilishi, mineral moddalarning haddan ortiq berilgani yoki ko`p marta tuvagini almashtirishga ham bog`liq.
- Sopol tuvak yuzasida yashil qoplam paydo bo`lsa, bilingki, suvni ko`p quygansiz.
- Barglarda quruq dog`lar bo`lsa, suvning kamligidan. Agar dog` tushgan barglar qurimasa, ko`p sug`orilganidan darak bo`ladi.
- Barglar burishib qolsa, o`simlik haddan ortiq sovuqda qolib ketgan bo`ladi. Uning joyini o`zgartirgan ma`qul.
22.10.2016 12:15