Prezident Vladimir Putin jurnalistlarga "Vostochniy" kosmodromi KXDR rahbari bilan muzokaralar uchun Kim Chen Inning raketalarga bo`lgan qiziqishi tufayli tanlanganini tushuntirdi. Shuningdek, u shimoliy koreyalik hamkasbi bilan barcha masalalar bo`yicha gaplashishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Shuning uchun biz bu erga keldik. KXDR etakchisi raketa texnologiyalariga katta qiziqish bildirmoqda, ular ham koinotni rivojlantirishga harakat qilmoqda”, — janob Putin Rossiya KXDRga kosmik sun`iy yo`ldoshlar qurishda yordam beradimi, degan savolga javob berdi.
Muzokaralarda harbiy-texnikaviy hamkorlik muhokama qilinadimi, degan savolga prezident shunday javob berdi: “Biz barcha masalalarni asta-sekin muhokama qilamiz. Vaqt bor".
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari qisqacha so`zlashdi. Ular kosmodromdagi bir qator ob`ektlarni ko`zdan kechiradi, shundan so`ng uning hududida yuqori darajadagi muzokaralar o`tkazadi. Ularda Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu ishtirok etadi.
Eslatib o`tamiz, Kim Chen In Rossiyaga kecha, 12 sentyabr kuni etib keldi. KXDR rahbarining aytishicha, uning tashrifi respublikaning Rossiya Federasiyasi bilan munosabatlariga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini tasdiqlaydi.