1

Shavkat Mirziyoev bu hafta Tojikistonga, keyingi hafta AQShga boradi (video)

Siyosat 13.09.2023, 13:52
Shavkat Mirziyoev bu hafta Tojikistonga, keyingi hafta AQShga boradi (video)

Shavkat Mirziyoev 14-15 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi 5-maslahat uchrashuvida hamda Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur sammitda davlatimiz rahbari savdo-iqtisodiy, transport, logistika yashil iqtisodiyot va energetika, suv va ekologiya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarida o`z nuqtayi nazarlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu samitlardan keyin Shavkat Mirziyoev keyingi hafta Amerika Qo`shma Shtatlariga jo`nab ketadilar. 

Ma`lumot uchun: keyingi haftada Nyu-York shahrida BMTning 78 sessiyasi o`z ishini boshlaydi. Sessiyada Shavkat Mirziyoev ham nutq so`zlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1