AsosiySiyosat

Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi

'Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etdi.

Davlat rahbari yig`ilishda “Qo`shtepa” kanali qurilishi bo`yicha ham o`z fikrini bildirdi.

Mintaqamizda suvdan foydalanish jarayonida yangi ishtirokchi paydo bo`ldi. Shu munosabat bilan kanal qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta`siri bilan bog`liq barcha jihatlarni mamlakatlarimizdagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o`rganish bo`yicha Qo`shma ishchi guruhini shakllantirish, shuningdek, Afg`oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo`yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko`rib chiqish taklif etildi.

2024-2026 yillarda OQXJga raislik Qozog`iston Respublikasiga o`tdi hamda Qasim-Jomart To`qaev shu yillarga jamg`arma prezidenti etib saylandi.

    Boshqa yangiliklar