1

Osiyo o`yinlarida o`zbekistonlik sportchi final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

Sport 22.09.2023, 17:23
Osiyo o`yinlarida o`zbekistonlik sportchi final yo`llanmasini qo`lga kiritdi

Xitoyning Xanchjou shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyo o`yinlarida o`zbekistonlik sportchi Anna Prakaten final yo`llanmasini qo`lga kiritdi. Bu orqali u O`zbekiston uchun medal olish imkoniyatini rasmiylashtirib qo`ydi. 

Bugun, 22 sentyabr kuni Xanchjou-2022 doirasida akademik eshkak eshish bo`yicha yarim final bellashuvlari tashkil etildi. Unda Tokio Olimpiadasi kumush medali sohibasi Anna Prakaten 7:47.88 natija ko`rsatdi va marraga birinchi bo`lib etib keldi. 

Bu orqali u 25 sentyabr kuni tashkil etiladigan final bahslarida medal uchun kurashadigan bo`ldi. 

Ma`lumot uchun, 2020 yilgi Olimpiada o`yinlarining rossiyalik vise-chempioni Anna Prakaten endilikda O`zbekiston nomidan musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1