Turkiyada o`zbekistonlik ayol eri tomonidan bo`g`izlab o`ldirilgani yuzasidan bosh konsulxona rasmiy ma`lumot berdi

Jamiyat 23.09.2023, 20:36
Turkiyada o`zbekistonlik ayol eri tomonidan bo`g`izlab o`ldirilgani yuzasidan bosh konsulxona rasmiy ma`lumot berdi

Avvalroq, Turkiyaning Dyuzje shahrida yashovchi 68 yoshli erkak o`zining shar`iy nikohidagi o`zbekistonlik ayolni vahshiylarcha o`ldirgani haqida xabar bergan edik. Mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi holat yuzasidan ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, haqiqatan ham Dyuzjeda O`zbekiston fuqarosi vafot etgan. Faqat vafot etgan fuqaroning ismi Barno emas Ra`nodir. Xabarlarda tarqatilgan fotosuratlar ham vafot etgan fuqaroga oid emas. Vafot etgan fuqaro 1978 yil 30 iyulda tug`ilgan Adilova Ra`nodir.

Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etgan Turkiya fuqarosi Aslan Guneyga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1