1

Yangi yaratilgan aorta protezi bemor umrini 25 yilga uzaytirishi mumkin

Salomatlik 24.09.2023, 08:26
Yangi yaratilgan aorta protezi bemor umrini 25 yilga uzaytirishi mumkin

Aorta — inson tanasidagi eng yirik arteriya. U orqali barcha a`zolar va to`qimalarga qon etib boradi. Shu bois aortaning kengayishi yoki yorilishi hayot uchun xavfli. Bunday vaziyatda uning zararlangan qismiga protez o`rnatilishi zarur

Ayniqsa, bu muhim arteriyaning yurak bilan tutashgan qismi zaif. Chunki bu nuqtadan qon juda katta bosim bilan o`tadi. Shu bois kardiojarrohlikda yuqori sifatli va chidamli implantlarga ehtiyoj katta.

Rossiyaning I.M.Sechenov nomidagi tibbiyot universiteti yurak-qon tomir jarrohligi klinikasi olimlari shunday protezni yaratishga muvaffaq bo`ldi.

Yangi implant oldingi muqobillariga nisbatan ko`proq chidamli. Bu esa uning foydalanish muddatini oshiradi. Protezning o`ziga xos xususiyati shundaki, u aorta tomirining ichki tuzilishi bilan bir xil, qon oqimining tabiiy harakatini ta`minlaydi.

Qolaversa, yangi mahsulotni tayyorlashda ishlatilgan maxsus material uning yuzasida bakteriyalar ko`payishi va tromblar hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi.

Bundan tashqari, implantni operasiya chog`ida o`rnatish oson. Bu esa jarrohlik amaliyotini odatdagidan ancha tezroq bajarish imkonini beradi.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko`ra, sun`iy moslama 1 milliard yurak urishiga bardosh beradi. Bu insonning 25 yillik umriga teng.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1