AsosiyJamiyat
2110

Namanganda bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi - Bosh prokuratura

'Namanganda bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi - Bosh prokuratura'ning rasmi

Avvalroq, Namangan viloyati Chust tumanidagi bog`chalarning birida bolalar zaharlangani haqida xabar bergan edik. 70 nafar bolaning  sog`ligidan shikoyatlar qayd etilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan edi.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, Namangan viloyatida bolalar zaharlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

Tergov olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha prezident topshirig`i bilan Saida Mirziyoeva chustlik bolalarning holidan xabar olish uchun Namanganga borgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar