Aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova rasman ogohlantirildi

Jamiyat 25.09.2023, 16:45
Aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova    rasman ogohlantirildi

Aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova “Million” ijodiy jamoasi konsert dasturida tashkilotchilarning e`tiroziga qaramay, ochiq libosda sahna ko`rinishini taqdim etgan. Bu harakati bilan u konsert-tomosha faoliyati uchun berilgan lisenziya talab va shartlarini buzgan.  Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi mas`ul xodimlari tomonidan aktrisa va boshlovchi Nilufar Hamidova bilan suhbat o`tkazilib, bundan buyon lisenziya talab va shartlariga rioya qilishi, agarda shu kabi holat yana takrorlanadigan bo`lsa, unda qonuniy chora ko`rilishi to`g`risida ogohlantirildi.

Shuningdek, bu borada “Million” ijodiy jamoasi rahbari D.Kabulov bilan ham suhbat o`tkazilib, jamoaning keyingi dasturlariga aktrisa N.Hamidovani jalb etmaslik masalasi ko`rib chiqilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1