AsosiyJamiyat

Nodir Yunusov o`ta xavfli jinoyatchi sifatida xalqaro qidiruvga berildi

'Nodir Yunusov o`ta xavfli jinoyatchi sifatida xalqaro qidiruvga berildi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining maktab va bog`chalarga “Antistrumin” preparatini etkazib berish bo`yicha ko`p milliard dollarlik tenderida g`olib chiqqan “SAMO” OOO asoschisi Nodir Yunusov o`ta xavfli jinoyatchi sifatida xalqaro qidiruvga berilgan.

Amerika Qo`shma Shtatlari va Interpol uni o`ta og`ir jinoyatlar: odam savdosi, firibgarlik, korrupsiya tashkiloti yaratish bo`yicha qidirmoqda.

FQB ma`lumotlariga ko`ra, 2005-2009 yillarda u boshqa O`zbekiston fuqarolari bilan birgalikda 59 kishini qullikka aylantirgan, ulardan 40 nafari qutqarilgan. Tashkilot rahbari Abrorxo`ja Asqarxo`jaev hibsga olingan, Nodir Yunusov sheriklari bilan o`z vatanlariga qochib ketgan.

AQSh hukumati Yunusov topilgan taqdirda zudlik bilan 1-866-DHS-2-ISE raqamiga qo`ng`iroq qilishni so`ramoqda.

    Boshqa yangiliklar