Endilikda "O`zbekiston temir yo`llari"ning nosohaviy aktivlarda ishtiroki qat`iy taqiqlanadi

Jamiyat 25.09.2023, 20:07
Endilikda "O`zbekiston temir yo`llari"ning nosohaviy aktivlarda ishtiroki qat`iy taqiqlanadi

Prezident rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda mutasaddilarga temir yo`l stansiyalari va ular atrofidagi bo`sh maydonlardan unumli foydalanib, kompleks logistika xizmatlari hamda yirik ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirish topshirildi. 

Sohada IT auditini o`tkazib, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda “Yagona darcha” axborot tizimini yaratish zarurligi qayd etildi. Bunda, yuk tashish hujjatlarini elektron rasmiylashtirish, vagonlarga GPS o`rnatish va onlayn ombor axborot tizimi yo`lga qo`yilishi lozim.

"O`zbekiston temir yo`llari"ning nosohaviy aktivlarini sotish yoki boshqa tarmoqlarga o`tkazish, sotishdan tushgan mablag`larni temir yo`l infratuzilmasini yaxshilashga yo`naltirish vazifasi qo`yildi. Endilikda "O`TY"ning nosohaviy aktivlarda ishtiroki qat`iy taqiqlanadi.  

Shuningdek, mutasaddilarga barcha temir yo`l kesishmalarini xatlovdan o`tkazish va tartibga solishga topshiriq berildi.

Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bo`yicha "yo`l xaritasi"ni ishlab chiqib, uning amalga oshirilishi yuzasidan Prezidentga muntazam axborot kiritib borish vazifasi qo`yildi.

Yig`ilish yakunida soha uchun mas`ullarning axboroti va takliflari tinglandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1