Ijtimoiy tarmoqlarda Sog`liqni saqlash vazirligi ta`sischiligidagi “O`ZMEDIMPEKS” MChJ “Antistrumin” yod preparatini etkazib berish evaziga “Samo” MChJ bilan jami 21 mlrd so`mlik to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzganini tasdiqlovchi hujjatlarning rasmi tarqaldi.
Hujjatga ko`ra, SSV ta`sischiligidagi tashkilot kaliy yodid 1 mg (0,001 g) №100 (Antistrumin) dori vositasini xarid qilish uchun ! 2022 yil iyun oyida “Samo” MChJ bilan 5 mlrd 644 mln so`mlik to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzgan. 2023 yil 11 yanvarda esa ushbu shartnomaga 956 mln so`mlik qo`shimcha kelishuv qilingan.
“O`ZMEDIMPEKS” MChJ 2023 yil 4 mayda yana mazkur dori vositasini xarid qilish uchun “Samo” MChJ bilan 15 mlrd 275 mln so`mlik to`g`ridan-to`g`ri shartnoma tuzgan. Ushbu shartnomalarga ko`ra, jami 21 mlrd 875 mln so`m mablag` evaziga “Samo” MChJ 3 mln 550 ming miqdorda “Antistrumin” etkazib berishi ko`rsatilgan.
Hozircha rasman tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, “Antistrumin” dori vositasini xarid qilish uchun hech qanday tender o`tkazilmagan, shartnomalar to`g`ridan-to`g`ri tuzilgan.