Joriy yilning 24 sentyabr kuni Oltiariq tumani hududidan o`tgan 4R-148A "Furqat Temir yo`l bekatiga kirish" avtomobil yo`lining 1-km.da Cobalt, Lacetti hamda Damas rusumli avtomobillar o`rtasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati rasmiy xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, ushbu YTH natijasida Damas avtomobil haydovchisi engil tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
"Hozirda holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB JXX YHXG tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda",- deyiladi xabarda.