AsosiyJamiyat
2102

Jizzaxda katta hajmdagi yuk mashinasi YPX postida tiqilib qolgani haqida xabarlar tarqalmoqda (video)

'Jizzaxda katta hajmdagi yuk mashinasi YPX postida tiqilib qolgani haqida xabarlar tarqalmoqda (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Jizzaxda yuk mashinasi YPX postida tiqilib qoldi" sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Holat yuzasidan tarqalgan video yuzasidan ma`lumot Yo`l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, viloyatning Zomin tumanidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatdagi A-376 avtomobil yo`lida joylashgan "Yakkabog`-15" muntazam YPX maskanidan katta hajmdagi yuk ortilgan transport vositasi harakatlanib o`tayotgan vaqtda mazkur jarayon atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan.

Ushbu video tarmoqlarda go`yoki yukning tepa qismi YPX maskanidagi ustunga tegib qolganligi haqidagi izohlar bilan tarqatilgan.

Mazkur xabarlar asossiz bo`lib, katta hajmdagi yuk ortilgan transport vositasi ushbu YPX maskanidan harakat xavfsizligi ta`minlangan holda, mas`ul xodimlarning nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan olib o`tilgan.

O`tish jarayonida atrofdagi biron jihoz yoki ortilgan yukka ziyon etmagan.
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim sahifa egalaridan har qanday holat va jarayon to`g`risida asosli va to`liq ma`lumotga ega bo`lmay turib, turli izohlar bilan tarqatmasliklarini so`ragan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar