AsosiyJamiyat
2052

O`zbekistonda 2022 yilda sodir bo`lgan tabiiy va texnogen ofatlarda 287 nafar inson halok bo`lgan

'O`zbekistonda 2022 yilda sodir bo`lgan tabiiy va texnogen ofatlarda 287 nafar inson halok bo`lgan'ning rasmi

O`zbekistonda 2022 yilda sodir bo`lgan tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar oqibatida 287 nafar inson halok bo`lgan. Bu haqida favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o`tgan ilmiy-amaliy anjumanda ma`lum qilindi.

Statistik ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yilda sodir bo`lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar 131 tani tashkil etgan. Oqibatda 287 nafar inson halok bo`lgan, 297 nafari jabrlangan.

Shundan tabiiy xususiyatdagilari 55 tani, halok bo`lganlar  127 nafarni, jarohat olganlar 88 nafarni tashkil etgan. Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning asosiy qismini yong`inlar tashkil etgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar