1

O`zbekistonda Frunzik Mkrtchyanga bag`ishlangan film suratga olinadi

Madaniyat 30.09.2023, 11:35
O`zbekistonda Frunzik Mkrtchyanga bag`ishlangan film suratga olinadi

“Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida armanistonlik taniqli kino aktyori SSSR Xalq artisti Frunzik Mkrtchyanning (1930-1993) hayoti va faoliyatiga bag`ishlangan “O`zbekiston meni eslaydi” hujjatli filmi loyihasi  namoyish etildi.

Mazkur film gruziyalik prodyuser va  kinorejissyor  David Bedjitashvili loyiha haqida so`zlab berdi. Ma`lumki, Frunzik Mkrtchyan o`zbek va hind kinoustalari tomonidan suratga olingan “Ali Bobo va qirq qaroqchi” (1979) hamda “Sevgi afsonasi” (1984) filmlarida suratga tushgan. Mazkur filmlarni yaratish jarayonida Mkrtchyan O`zbekistonda yashagan, o`zbek kinoijodkorlari bilan muloqotda bo`lgan.

2021 yilda David Bedjitshvili xuddi shu mavzuda “Hindiston meni eslaydi” nomli filmni suratga olgan, unda F.Mkrtchyan ishtirokidagi hind filmlarning suratga olish jarayonlari xususida so`z borgan. Navbatdagi film uning davomi sifatida suratga olinadi  va unda asosan  O`zbekistonda kechgan voqealar eslanadi.

Tadbirda so`zga chiqqan taniqli o`zbek san`atkorlari  mashhur aktyor bilan yuz bergan qiziqarli voqealar haqida so`zlab berishdi. Rejissyor yig`ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Ayni paytda filmni suratga olishga tayyorgarlik jarayoni boshlangan, 2024 yilda mazkur film ekran yuzini ko`rishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1