AsosiyJamiyat

O`zbekistonda metangaz narxi oshdi

'O`zbekistonda metangaz narxi oshdi'ning rasmi

Bugundan kuchga kirgan biznes uchun yangi energotariflar doirasida gazzapravkalarda metan narxi, ayrim kichik istisnolarni aytmasa, kubasiga 3250 so`mdan sotilmoqda. Ayni shu narx kelgusi 6 oy uchun cheklangan potolok narx sifatida belgilangan. Bu haqda iqtisodchi Otabek Bakirov Telegram­ kanalida post qoldirdi.

Shuningdek, benzin savdosi bilan shug`ullanadigan AYoQShlarda yuqori oktanli, ya`ni 92 va undan yuqori tipdagi benzin ham 8-10%ga qimmatlagan. Norasmiy manbalar bu holatni Rossiyaning benzin eksportiga o`rnatgan cheklovlari bilan bog`lashmoqda.

O`zbekneftegaz shoxobchalarida o`tgan haftalargacha 9200 so`mdan sotilgan Ai-92 endi 10200 so`mdan sotilmoqda. Sal avvalroq, 16 avgustgacha xuddi shu markadagi benzin 8600 so`mdan, mart oyidan 2 avgustgacha esa 7500 so`mdan (go`yoki aksiya tariqasida) sotilgan. Ya`ni to`liq bo`lmagan 2 oyda Ai-92 36 foizga qimmatladi.

Boshqacha aytganda, Rossiya o`rnatgan eksport cheklovlari bahonasida yuzaga kelgan taklif kamayishidan mahalliy ishlab chiqaruvchi va vertikal monopolist ustamonlik bilan foydalanmoqda. Antimonopoliya organimiz esa hozircha jim-jit.

Ai-95 markali benzinning bir dollardan (12200 so`m) arzonroq taklifi poytaxtdayam, viloyatlardayam qolgani yo`q.

    Boshqa yangiliklar