Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar ekologik forumi o`tkazilmoqda

Jamiyat 02.10.2023, 15:56
Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlar ekologik forumi o`tkazilmoqda

Samarqandda Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo`yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqishga doir Markaziy Osiyo yoshlar ekologik forumi o`tkazilmoqda.

“Ipak yo`li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi bayrog`ini ko`tarish marosimi bo`lib o`tdi.

Ochilish marosimida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri o`rinbosari Usmon Sharifxo`jaev, Yoshlar masalalari agentligi direktori o`rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova, UNICEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade, "Zamin" xalqaro jamoat fondi ijroiya organi rahbarining birinchi o`rinbosari Abduqahhor Abdug`aniev ishtirok etishmoqda.  

Tadbir doirasida xalqaro ekspertlar ishtirokida O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmanistonning 60 dan ortiq ekofaol etakchilari uchun seminar va uchrashuvlar o`tkazilib, Markaziy Osiyo strategiyasi hamda “Yo`l xaritasi” bo`yicha  muhokamalar tashkil qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1