AsosiyJamiyat
2908

Chirchiqda mashhur brend qurgan "dom" bir yil o`tmay "yonboshlab" qoldi (video)

'Chirchiqda mashhur brend qurgan "dom" bir yil o`tmay "yonboshlab" qoldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida mashhur qurilish kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilganiga bir yil ham bo`lmagan ko`p qavatli uy cho`kib, yonboshlab qolgani aytildi. 

Mazkur xabarga munosabat bildirgan Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi holat nazoratga olinganini bildirdi. 

Toshkent viloyatining Chirchiq shahri “Iftixor” MFY hududida qurilib, foydalanishga topshirilgan mazkur ko`p qavatli uyda yuzaga kelgan holat hozirda Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligining qurilish loyiha tashkilotlari mutaxassislari, qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mas`ullari tomonidan nazoratga olingan. O`rganish natijalari bo`yicha batafsil ma`lumot taqdim qilinadi, — deyiladi vazirlik munosabatida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar