O`zbekistonda hafta oxirida yomg`ir yog`ishi mumkin

Jamiyat 03.10.2023, 12:58
O`zbekistonda hafta oxirida yomg`ir yog`ishi mumkin

Bugun va ertaga O`zbekiston hududi bo`yicha quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 10-15, kunduz kunlari 23-28 gradus bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 5 oktyabr kuni O`zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, kunduzi harorat 25-30 gradusgacha biroz ko`tariladi. Respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududidan nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.

6 oktyabrda nam va salqin havo massalarining kirib kelishi O`zbekistonning barcha hududini qamrab oladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 gradus bo`ladi.

Toshkentda: havo o`zgarib turadi, asosan yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat juma kuni 6 oktyabrda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol asosan sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 6 oktyabrda 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 12-15 gradus, kunduzi 24-27 gradus, 5 oktyabrda 27-29gradus bo`ladi, juma kuni 6 oktyabrda yomg`ir paytida 21-23gradusgacha pasayadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1