2023 yilgi Nobel mukofoti fizika bo`yicha “moddadagi elektronlar dinamikasini o`rganish uchun attosekundlik yorug`lik impulslarini hosil qiluvchi eksperimental usullar uchun” Per Agostini, Ferens Krauz va Ann L’Yuilega beriladi. Bu haqda Karolinska instituti Nobel assambleyasi vakillari onlayn-translyasiya davomida ma`lum qilishdi.
Nobel fizika qo`mitasi raisi Eva Olssonning so`zlariga ko`ra, attosekund fizikasi elektronlarni boshqaradigan mexanizmlarni tushunish imkonini beradi.
“Laureatlarning tajribalari attosekundlarda o`lchanadigan shunday qisqa yorug`lik impulslarini hosil qildi va shu bilan bu impulslar atomlar va molekulalar ichidagi jarayonlarni tasvirlash uchun ishlatilishi mumkinligini ko`rsatdi”, deyiladi fizika bo`yicha Nobel qo`mitasi bayonotida.
G`oliblarni taqdirlash marosimi 10 dekabr kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






