Kanadaning O`zbekistondagi elchisi Elison Lekler o`z diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida ma`lum qildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Baxtiyor Saidov va mamlakatdagi faoliyatini tugatayotgan Kanada elchisi Elison Lekler energetikadan tortib ta`limgacha bo`lgan ko`plab sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar ulkan salohiyatga ega ekanini alohida ta`kidlandi.
O`tgan yillarda mamlakatlar o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun Elison xonimga minnatdorlik bildirildi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.